https://oz.sputniknews.uz/20230107/aqsh-vakillar-palatasiga-15-urinishda-spiker-saylandi-31294128.html
AQSh Vakillar palatasiga 15-urinishda spiker saylandi
AQSh Vakillar palatasiga 15-urinishda spiker saylandi
Sputnik O‘zbekiston
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi uchinchi eng muhim lavozim 15-urinishda o‘z egasini topdi. 07.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-07T11:51+0500
2023-01-07T11:51+0500
2023-01-07T12:30+0500
dunyoda
aqsh
kevin makkarti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/07/31294431_0:11:3066:1736_1920x0_80_0_0_b6ccbdcc110a2dea09d74f3a3f394767.jpg
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. AQSh Kongressi Vakillar palatasi 15-urinishda respublikachi Kevin Makkartini yangi spiker etib sayladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.Amerikaning barcha yetakchi telekanallari tomonidan translyatsiya qilingan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Makkarti 216 ta ovoz oldi. Uning asosiy raqibi demokrat Hakim Jeffris 211 kongressmenning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Yana olti nafar qonun chiqaruvchi hech kimga ovoz bermaslikni ma’qul ko‘rdi.Bu Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi uchinchi eng muhim lavozim hisoblanadi. U tayinlanmasa, palataning ishi bir necha kun davomida falaj bo‘lib qoladi, chunki qonunchilar qasamod qila olmaydi va mos ravishda qonun ishlab chiqish jarayoniga o‘tolmaydi.Makkarti va UkrainaMakkarti noyabr oyida bo‘lib o‘tgan oraliq Kongress saylovlari oldidan respublikachilar g‘alaba qozongan taqdirda Ukrainaga cheksiz yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi haqida ogohlantirgan edi. U Kiyev uchun “ochiq cheklar”ga qarshi chiqdi va bu xarajatlarni Qo‘shma Shtatlardagi iqtisodiy vaziyat bilan muvofiqlashtirishga chaqirgan.Respublikachilar oraliq saylov natijasiga ko‘ra Vakillar palatasida g‘olib bo‘ldi: hozir u yerda 222 respublikachi va 212 demokrat o‘rin olgan. Biroq quyi palatada taqdim etilgan tashabbuslar yoki tergovlarni bloklashi mumkin bo‘lgan Senatda demokratlar nafaqat ko‘pchilik o‘rinni saqlab qolishdi, balki o‘z pozitsiyasini mustahkamlab ham oldi.Uzoq davom etgan ovoz berishJoriy cho‘zilgan ovoz berish AQSh tarixida kongressmenlar birinchi martadayoq spikerni saylay olmagan 15-holat bo‘ldi. Oxirgi marta bu hol yuz yil oldin, 1923-yilda va undan oldin faqat fuqarolar urushigacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan. Hammasi bo‘lib atigi to‘rt marta spikerni saylash uchun 12 tadan ko‘p ovoz berish jarayoni o‘tkazilgan.Spikerni saylash bo‘yicha eng muvaffaqiyatsiz urinishlar 1855-yilda qayd etilgan va jarayon ikki oy – 133 raund davom etgan. Spikerni saylash uchun esa qoidalarga o‘zgartirish kiritilgan, natijada nomzod oddiy ko‘pchilik ovoz bilan g‘alaba qozongan, negaki hech bir nomzodga palata a’zolarining yarmidan ko‘pi ovoz bermagan. Keyingi psixologik natija 1819-yilda kuzatilgan. O‘shanda quyi palata spikerini saylashga 22 tur kerak bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/07/31294431_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_af8adca72e9ade33904794db63091358.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, kevin makkarti
dunyoda, aqsh, kevin makkarti
AQSh Vakillar palatasiga 15-urinishda spiker saylandi
11:51 07.01.2023 (yangilandi: 12:30 07.01.2023) Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi uchinchi eng muhim lavozim 15-urinishda o‘z egasini topdi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. AQSh Kongressi Vakillar palatasi 15-urinishda respublikachi Kevin Makkartini yangi spiker etib sayladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar bermoqda. Amerikaning barcha yetakchi telekanallari tomonidan translyatsiya qilingan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Makkarti 216 ta ovoz oldi. Uning asosiy raqibi demokrat Hakim Jeffris 211 kongressmenning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Yana olti nafar qonun chiqaruvchi hech kimga ovoz bermaslikni ma’qul ko‘rdi.
Bu Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi uchinchi eng muhim lavozim hisoblanadi. U tayinlanmasa, palataning ishi bir necha kun davomida falaj bo‘lib qoladi, chunki qonunchilar qasamod qila olmaydi va mos ravishda qonun ishlab chiqish jarayoniga o‘tolmaydi.
Makkarti noyabr oyida bo‘lib o‘tgan oraliq Kongress saylovlari oldidan respublikachilar g‘alaba qozongan taqdirda Ukrainaga cheksiz yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi haqida ogohlantirgan edi. U Kiyev uchun “ochiq cheklar”ga qarshi chiqdi va bu xarajatlarni Qo‘shma Shtatlardagi iqtisodiy vaziyat bilan muvofiqlashtirishga chaqirgan.
Respublikachilar oraliq saylov natijasiga ko‘ra Vakillar palatasida g‘olib bo‘ldi: hozir u yerda 222 respublikachi va 212 demokrat o‘rin olgan. Biroq quyi palatada taqdim etilgan tashabbuslar yoki tergovlarni bloklashi mumkin bo‘lgan Senatda demokratlar nafaqat ko‘pchilik o‘rinni saqlab qolishdi, balki o‘z pozitsiyasini mustahkamlab ham oldi.
Uzoq davom etgan ovoz berish
Joriy cho‘zilgan ovoz berish AQSh tarixida kongressmenlar birinchi martadayoq spikerni saylay olmagan 15-holat bo‘ldi. Oxirgi marta bu hol yuz yil oldin, 1923-yilda va undan oldin faqat fuqarolar urushigacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan. Hammasi bo‘lib atigi to‘rt marta spikerni saylash uchun 12 tadan ko‘p ovoz berish jarayoni o‘tkazilgan.
Spikerni saylash bo‘yicha eng muvaffaqiyatsiz urinishlar 1855-yilda qayd etilgan va jarayon ikki oy – 133 raund davom etgan. Spikerni saylash uchun esa qoidalarga o‘zgartirish kiritilgan, natijada nomzod oddiy ko‘pchilik ovoz bilan g‘alaba qozongan, negaki hech bir nomzodga palata a’zolarining yarmidan ko‘pi ovoz bermagan. Keyingi psixologik natija 1819-yilda kuzatilgan. O‘shanda quyi palata spikerini saylashga 22 tur kerak bo‘lgan.