Medvedev AQSh elchixonasining ruslarga murojaatiga keskin javob qaytardi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev, arxivnoe foto
Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
Medvedev G‘arb davlatlari Ukraina Qurolli kuchlariga qurol-yarog‘ berish uchun o‘nlab milliard dollar ajratishda davom etayotganini eslatdi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Rossiyaga amerikaliklarning yolg‘on nasihatlari kerak emas, dedi Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
Amerika diplomatlarining ruslarga murojaatiga u shunday munosabat bildirgan.
“Davlat departamenti Rossiya xalqiga, biz hammangizni yaxshi ko‘ramiz, deb riyokorona murojaat e’lon qildi. Murojaat ularning tipik jirkanch iyezuit uslubida tugaydi: “tinchroq kelajak yaratishga intilayotgan har biringiz bilan birdammiz”. Ukrainadagi urush esa, go‘yo hech kim unga loyiq emas”, - deb yozdi Medvedev Telegram sahifasida.
Shu bilan birga, u G‘arb davlatlari Ukraina Qurolli kuchlariga qurol-yarog‘ berish uchun o‘nlab milliard dollar ajratishda davom etayotganini eslatdi. Rossiyaning javobi “ofis sukunatida berilmaydi”, deya qo‘shimcha qildi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari.
“Yaxshilikcha tushunmas ekansiz, kuch tilida gaplashamiz. Va bundan ham zamonaviy qurollarni ishlab chiqaramiz. Ular bilan XXI asrda siz dunyoga keltirgan o‘laksa natsistlarni yanchamiz. Mamlakatimizning har bir o‘ldirilgan fuqarosi uchun har bir jinoyatchidan qasos olamiz”, - deydi Medvedev.
Rossiya maxsus operatsiyasi fonida Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi ittifoqchilari Kiyev hukumatini qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol ortilgan transportlar esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0