Ctatistika sohasida yangi tizim ishga tushdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSotrudnik valyutnoy birji
Sotrudnik valyutnoy birji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz O‘zbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi. Portal rasmiy statistika ma’lumotlar yagona bazasini shakllantiradi, ma’lum bir davr bo‘yicha ma’lumotlarni elektron formatlarda olish imkoniyatini yaratadi.
SIAT - rasmiy statistikani e’lon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida so‘rovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi va bu esa, o‘z o‘rnida xalqaro tashkilotlar,
jumladan, Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.

“Tizimda 19 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 1 100 ta rasmiy statistik ko‘rsatkichlar, 10-yillik dinamik qatorlarda, shuningdek, 30-yillik makro-ko‘rsatkichlar 5-yillik kesimda foydalanuvchilarga qulay va bepul shaklda yuklab olish uchun 3 xil (Excel, PDF va JPG) formatda hamda mustaqil ravishda integratsiya qilish uchun ham 3 xil (CSV, JSON va XML) formatda joylashtirildi va doimiy ravishda yangilab boriladi”, dedi qo‘mita axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov Sputnik muxbiriga.

Portalni ishlab chiqishda Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganilgan.
Xorijiy foydanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida portaldan nafaqat o‘zbek tilida balki rus va ingliz tillarida foydalanish mumkin.
Bazada ma’lumotlarni interaktiv grafik, gistogramma va diagrammalar ko‘rinishida shuningdek, solishtirish, reyting shakllantirish va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilash modullari joriy etildi. SDMX standarti asosida har bir statistik ko‘rsatkich bo‘yicha to‘liq metama’lumotlarning (ma’lumotlar pasportining) tizimga joylashtirilganligi, foydalanuvchilarga ko‘rsatkich birinchi bor e’lon qilingan va yangilangan sana, uning birlamchi manbasi, hisoblagan organ va uslubiyoti, mas’ul bo‘linma va xodim to‘g‘risida hamda shu kabi boshqa ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
SDMX (Statistical Data and Metadata eXchange) statistik ma’lumotlar va metama’lumotlarni e’lon qilish va elektron shaklda o‘zaro almashish standarti hisoblanib, uni BMT statistika bo‘limi, Yevrostat, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar qo‘llab-quvvatlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0