Afg‘onistonda ayollar ta’limiga qo‘yilgan taqiq qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz - TIV

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
TIV: Afg‘on xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Afg‘onistonda xotin-qizlarning ta’lim olishiga taqiq qo‘yildi. Tashqi ishlar vazirligi ushbu masala bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonda xotin-qizlarning davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishiga taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabar chuqur tashvish bilan qabul qilindi.
“Afg‘on xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon”* harakati qizlarning oliy o‘quv yurtlariga kirishini taqiqladi. Buyruqda uni imkon qadar tezroq qo‘llash va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida vazirlikka ma’lum qilish zarurligi ta’kidlangan.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0