2023 yilda Rossiya gaz bozorini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska
Gazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili global energetika inqirozi iqtisodiy inqirozga aylana boshladi. Bu 2023-yilda o‘zini namoyon qiladi, deb hisoblaydi Rossiya Federatsiyasi Milliy energiya xavfsizligi jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov.
Igor Yushkov. 2022 yil butun dunyo energetikasi uchun keskin o‘zgarishlarga boy yil bo‘ldi. Energetika inqirozi 2021-yilda boshlangan va avvalombor Yevropa Ittifoqining noto‘g‘ri energetika siyosati tufayli kelib chiqqan bo‘lsada, aynan 2022-yilda u bor bo‘yini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, 2022-yilda dunyo energetika inqirozi o‘z navbatida 2023-yilda bo‘y cho‘zadigan iqtisodiy inqirozga aylandi.
Gaz quvurlariga nima bo‘ldi?
Energetika sohalarida turli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Eng ko‘zga ko‘ringan islohotlar neft va ko‘mir bozorida. Rossiya savdo bozorida boshqa ishlab chiqaruvchilarni o‘zgartirdi: Rossiya xomashosi Osiyoga ketdi, boshqa ta’minotchilar o‘z eksportini Yevropaga yo‘naltirdi.
Gaz sohasida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Gazni bir joydan boshqa joyga jo‘natish ancha murakkab, bu esa neft va ko‘mir sohasi bozorini qayta qurishdek oson bo‘lmaydi. Shu sababli, 2022-yilda Rossiya Yevropaga quvurlar orqali gaz yetkazib berishni qisqartirganda, ularni qazib olish hajmini ham qisqartirishga to‘g‘ri keldi. Rossiyadan gaz eksportining qisqarishi tufayli, o‘z navbatida, dunyo bozorida yetishmovchilik holati ortdi.
Ta’kidlash joizki, Yevropaga gaz ta’minotining qisqartirilishi Rossiyaga qarshi sanksiyalarga munosabati emas. Rossiya ham, Yevroittifoq ham bir-biriga gaz savdosi sohasida qarshi cheklovlar kiritmagan. Shunchaki, gazo‘tkazgichlarning har birida o‘z muammolari paydo bo‘ldi.
“Shimoliy oqim” gaz kompressor stansiyasidagi turbinalarga xizmat ko‘rsata olmagani uchun yoz davomida nasos hajmini kamaytirdi: Kanada Rossiyaga energetika jihozlarini jo‘natishga qarshi sanksiyalar qo‘lladi. “Shimoliy oqim” doirasidagi turbinalarga esa faqat Monrealda xizmat ko‘rsatiladi. Natijada, 3-sentabrda so‘nggi turbina o‘z ishini tugatgan va gazo‘tkazgich faoliyati to‘xtatilgan edi. 26 sentbar kuni esa “Shimoliy oqim” shved akvatoriyasida portladi.
Yana bir gaz quvuri – “Yamal-Yevropa”dan foydalanish mumkin emas, chunki bahorda Polsha «Gazprom” ning EuRoPol GAZgaz quvurining Polsha uchastkasi operatoridagi ulushini (48,82%) milliylashtirdi. Bunga javoban Rossiya ushbu tuzilmaga qarshi sanksiyalar kiritdi va endi Rossiya kompaniyalari u bilan hech nima qila olmaydi, ya’ni Gazprom gaz tranziti xizmatlariga buyurtma bera olmaydi.
Ukraina orqali gaz tranziti saqlanib qolgan bo‘lsada, biroq ta’minot qariyb 60% ga qisqartirilgan. 10-mayda Ukraina “Soxranovka” gaz o‘lchash stansiyasi orqali nasos o‘tkazishdan bosh tortdi, chunki u yerda gaz quvuri LXR hududidan o‘tadi. Garchi gaz quvuri buzilmagan bo‘lsada. Nasos faqat shimoliy yo‘nalish bo‘ylab amalga oshiriladi: Sudja gaz o‘lchash stansiyasi (Kursk viloyati) orqali.
“Gazprom”ning ta’kidlashicha, u hech qachon Sudjadan katta hajmdagi gazni quyish uchun foydalanishini kutmagan, shuning uchun u gaz ta’minoti quvurlarining bir qismini optimallashtirgan (deyarli qismlarga bo‘lgan). Shu sababli, “Gazprom” “Soxranovka” orqali o‘tadigan gaz hajmini “Sudja”ga yo‘naltira olmagan. Shu bois Ukraina orqali gaz tranziti qariyb 42,4 million kubometrni tashkil etadi. Qolaversa, uni to‘liq to‘xtatish uchun sharoit yaratilgan.
Gap shundaki, “Gazprom” va Ukraina gaz transport tizimi o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha tranzit kuniga 109, 5 mln kubometrni tashkil etishi kerak. Agar Rossiya konserni jismonan kuniga shuncha gaz qazib olmasa, u baribir uni to‘lashi kerak (“qazib ol va to‘la” shartlari). Endi esa “Gazprom” Ukraina tomonini shartnoma shartlarini buzganlikda ayblamoqda, unki u “Soxranovka” orqali mashrutdan foydalanishga va jismonan qazib olgan hajm uchun pul to‘lashga ruxsat bermayapti. Ukraina gaz transporti tizimi operatorining aytishicha, shartnomani “Gazprom” buzmoqda, kerakli summani to‘lamayapti. Shu sababli tranzitning to‘liq to‘xtatilishi gazo‘tkagichlarning shikastlanishi tufayli emas, balki shartnoma shartlarining buzilishi sababli sodir bo‘lishi mumkin.
Rossiyadan Yevropaga normal ishlaydigan yagona gaz quvuri -Turk oqimi. Tizimning umumiy quvvati 31,5 milliard kubometrni tashkil qiladi. U har biri 15,75 mlrd kubometrli ikki liniyadan iborat. Biri Turkiya, ikkinchisi Yevropa uchun.
Shunday qilib, agar 2021-yilda Rossiya Yevropaga gaz quvurida taxminan 155 milliard kubometr yetkazib bergan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 80-90 milliard kubometrni tashkil qildi. Agar gaz qazib olishning hozirgi qo‘rsatkichi butun 2023-yil uchn saqlanib qolsa, u yerga eksport hajmi qariyb 30 mlrd. kubometrni tashkil qilishi mumkin.
Nega Turkiyaga gaz xabi kerak?
Rossiyaga Yevropa gaz bozori kerak. Biz 50-yildan ortiq u yerga gaz yetkazib berganmiz. Albatta, mana yevropaliklar o‘z sanoati va farovonligi nimaning asosida qurilganini aytib istehzo qilish mumkindir. Biroq unutmaslik kerakki, Yevropaga gaz sotish Rossiyaga katta daromad keltiradi. Va, albatta, mamlakat iqtisodiyoti haqida o‘ylash muhim. Biroq Rossiya va G‘arbning hozirgi siyosiy mojarosida avvalgi ish formatiga qaytib bo‘lmaydi.
Qolaversa, Yevropada gazdan foydalanishda oddiy ehtiyojlar saqlanib qolmoqda, Rossiya esa G‘arb yo‘nalishida eksportni tiklamoqchi.
Rossiya rahbariyati gaz sohasida yangicha hamkorlik formatini taklif qiladi. Avval “Gazprom” eng so‘nggi iste’molchigacha gaz yetkazib berishga harakat qilar edi. U gaz quvurlarini qurish xarajatlarini o‘z zimmasiga olar, Yevropada sotuvchi kompaniyalarni sotib olar, tranzit mamlakatlar bilan o‘zaro aloqa qilish xavfiga rozi bo‘lar edi va hokazo. Endi Moskva tom ma’noda quyidagi tezisni e’lon qiladi: “Siz portlatib, o‘z gaz quvurlarimizni milliylashtirar ekansiz, monopoliyaga qarshi qonunchilikka yashirinib, “Gazprom”ga bosim o‘tkazar va diskriminatsiyaga uchratar ekansiz, unda biz Yevropaga umuman kirib bormaymiz”. Ushbu pozitsiya Turkiyada gaz xabini yaratishga asos bo‘ldi.
Bu gaz sohasining siyosiylashuvini kamaytirishi kerak. Endi Yevropaning tijoriy kompaniyalari o‘z siyosatchilariga gazni Rossiyadan emas, balki xabdan olishganini ko‘rsatishlari mumkin. Qolaversa, loyiha Ozarbayjon va Eron uchun ham ta’minotlar imkoniyatini ochadi. Rossiya va Qozog‘iston hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari o‘rtasida gaz bilan ayirboshlash operatsiyalari ham boshlanishi mumkin. Negaki, Moskva ham, Anqara ham bo‘lajak markazda ta’minotchilar ko‘payishidan manfaatdor. Albatta, Rossiya “Gazprom” asosiy ta’minotchi bo‘lishini kutmoqda.
Bu bilan Rossiya va Yevropa 50-yil avvalgi gaz bo‘yicha munosabatlarga qaytishi mumkin. Sovet gazini yetkazib berish bo‘yicha dastlabki shartnomalar xomashoni sotsialistik blokdan tashqaridagi birinchi neytral mamlakat - Avstriyaga yetkazib berishni anglatgan. U yerda gaz egalik huquqini o‘zgartirgan va allaqachon Yevropa kompaniyalari uni o‘z mamlakatlariga yetkazib bergan. Baumgartendagi Avstriya gaz xabi shunday paydo bo‘lgan.
Xitoyga gaz quvuri va suyultirilgan gaz
Ammo shu bilan ham Rossiya Yevropaning kichrayib borayotgan bozor ekanligini yaxshi anglaydi. Biz sanoatsizlanish jarayonini ham, qayta tiklanadigan energiya manbalariga qisman o‘tish jarayonlarini ham ko‘rib turibmiz.
Strategik jihatdan Rossiya gazi ko‘mir va neft yo‘lidan borishi va Osiyo bozorlariga o‘tishi kerak bo‘ladi. Biroq, buning uchun yangi gaz quvurlari qurish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha yirik quvvatli gaz zavodlarini qurish bo‘yicha o‘z texnologiyamizni ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi.
Birinchi holat bo‘yicha gazprom allaqachon Xitoy bilan quvvati yiliga 50 mlrd.kubometr bo‘lgan “Sibir kuchi-2”ni qurish borasida muzokaralar olib bormoqda. Pekin murakkab, qattiqqo‘l muzokarachi, u vaqt uning ixtiyori va nazoratida ekaniga ishonchi komil. U “Gazprom”ning Yevropada ishlari qancha yomon bo‘lsa, u shunchalik ko‘nikuvchan bo‘ladi deb hisoblamoqda. Rossiya tomoni Xitoyga: agar Xitoyning AQSh bilan mojarolari kuchaysa, suyultirilgan gaz ta’minoti to‘sib qo‘yilishi xavfi borligi, Rossiya gaz quvurlari esa –ishonchli energotashuvchi ekanligini uqtirmoqda.
Shubhasiz, Rossiyada suyultirilgan gaz zavodlarini qurish dolzarb masala. Bu Rossiya kompaniyalariga bitta savdo bozoriga qaram bo‘lmaslikka imkon beradi. O‘z texnologiyalarni yaratish ko‘proq vaqt va katta sarmoya talab qiladi. Ammo busiz Rossiya o‘z tabiiy gaz zaxiralarini to‘laqonli monetizatsiya qila olmaydi. 2023-yil Rossiya gaz sohasidagi tahdidlarni qanchalik muvaffaqiyatli yenga olishini ko‘rsatib beradi.
Yangiliklar lentasi
0