https://oz.sputniknews.uz/20230105/surxon-davlat-qoriqxonasi-hududida-tog-suvsari-tasvirga-olindi-31264008.html
Surxon davlat qo‘riqxonasida tog‘ suvsari tasvirga olindi
Surxon davlat qo‘riqxonasida tog‘ suvsari tasvirga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra, tog‘ suvsari qo‘riqxona hududida 20 boshni tashkil qiladi. 05.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-05T09:40+0500
2023-01-05T09:40+0500
2023-01-05T13:09+0500
jamiyat
surxon davlat qo‘riqxonasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/05/31264095_102:0:1179:606_1920x0_80_0_0_9f2d0341690c76454f0f9bc2dc1685a5.jpg
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida tog‘ suvsari tasvirga olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra, tog‘ suvsari qo‘riqxona hududida 20 boshni tashkil qiladi.Tog‘ suvsari sut emizuvchilar sinfiga mansub bo‘lib, mamlakatning tog‘ tizmalarida, jumladan, Ko‘hitang tog‘ tizmalarining yonbag‘irlarida, pastki tekisliklari va archazorlarida yashashi kuzatiladi.Kattaligi mushukdek keladigan tog‘ suvsarining tana uzunligi 50 sm, dumi 25-35 sm.Suvsarning tanasi cho‘zinchoq, kuchli va egiluvchanligi xavfli qoyalar va daraxtlarning ustida bemalol harakat qilishiga imkon beradi. Qisqa, baquvvat oyoqlari va o‘tkir tirnoqlari ov qilish jarayonlarida asosiy qurol vazifasini o‘taydi.Suvsar siyrak jonivor bo‘lib, qoyali daralarda, toshlar orasida, vayronalarda, bargli va igna bargli o‘rmonlarda yashaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/05/31264095_236:0:1044:606_1920x0_80_0_0_de19c1f0a4192245eb3c0526d2a82627.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, surxon davlat qo‘riqxonasi
jamiyat, surxon davlat qo‘riqxonasi
Surxon davlat qo‘riqxonasida tog‘ suvsari tasvirga olindi
09:40 05.01.2023 (yangilandi: 13:09 05.01.2023) Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra, tog‘ suvsari qo‘riqxona hududida 20 boshni tashkil qiladi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida tog‘ suvsari tasvirga olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar
berdi. Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra, tog‘ suvsari qo‘riqxona hududida 20 boshni tashkil qiladi.
Tog‘ suvsari sut emizuvchilar sinfiga mansub bo‘lib, mamlakatning tog‘ tizmalarida, jumladan, Ko‘hitang tog‘ tizmalarining yonbag‘irlarida, pastki tekisliklari va archazorlarida yashashi kuzatiladi.
Kattaligi mushukdek keladigan tog‘ suvsarining tana uzunligi 50 sm, dumi 25-35 sm.
Suvsarning tanasi cho‘zinchoq, kuchli va egiluvchanligi xavfli qoyalar va daraxtlarning ustida bemalol harakat qilishiga imkon beradi. Qisqa, baquvvat oyoqlari va o‘tkir tirnoqlari ov qilish jarayonlarida asosiy qurol vazifasini o‘taydi.
Suvsar siyrak jonivor bo‘lib, qoyali daralarda, toshlar orasida, vayronalarda, bargli va igna bargli o‘rmonlarda yashaydi.