JSST koronavirusning yangi to‘lqini boshlanishidan xavotirda

© REUTERS / Aly SongRabochiy v zashitnom kostume na ulitse v Shanxae
Rabochiy v zashitnom kostume na ulitse v Shanxae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Hozirgacha ma’lum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. U dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin, deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Koronavirusning “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda ro‘yxatga olindi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, u bir necha hafta ichida AQShda dominant versiyaga aylandi. Hozir yangi mutatsiya Yevropa mamlakatlarida ham keng tarqalmoqda.
“Biz o‘sish sur’atlaridan tashvishdamiz. Chunki hozirgacha ma’lum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. Xavotirli jihati, u dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin”, deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove.
Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus ham 2022-yil oxirida aniqlangan mazkur mutatsiya haqida to‘xtalib, u “omikron” BA.2 versiyasining rekombinanti ekanligini ta’kidladi.
“Dunyo bo‘ylab kasallanishning yangi to‘lqini kutilmoqda. Ammo bu o‘lim ko‘rsatkichlari oshishiga olib kelmasligiga ishonamiz. Chunki biz o‘tgan davrda mazkur virusga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba to‘pladik”, deydi u.
Shundan kelib chiqib, mutaxassislar SOVID-19 ga qarshi buster dozada emlanish eng to‘g‘ri chora ekanligini ta’kidlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0