Indoneziya yangi poytaxt qurilishida ishtirok etishga Rossiyadan investorlarni chorladi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishRossiyskiy flag dlinoy 72 metra na sklone gori Mashuk v ramkax prazdnovaniya Dnya Rossii
Rossiyskiy flag dlinoy 72 metra na sklone gori Mashuk v ramkax prazdnovaniya Dnya Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Kalimantanda o‘rmonlar va daraxtlar ko‘p, biz tabiat qo‘ynida yangi shahar qurmoqchimiz, deydi elchi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Indoneziya Kalimantan orolidagi yangi poytaxt Nusantaraning qurilishida ishtirok etishga Rossiyadan investorlarni taklif qilmoqda. Bu haqda Indoneziyaning Moskvadagi elchisi Xose Antonio Morato Tavares RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
“Hozir biz shahar qurish bosqichidamiz — kelajakdagi qurilish uchun yerni tozalamoqdamiz”, dedi elchi.
Uning ta’kidlashicha, bo‘lajak poytaxt konsepsiyasi yashil shaharni barpo etishdan iborat.
“Kalimantanda o‘rmonlar va daraxtlar ko‘p, biz tabiatni yo‘q qilmoqchi emasmiz, lekin tabiat qo‘ynida yangi shahar qurmoqchimiz. Bu borada bizga rossiyalik investorlar yordam bera oladi”, deya qo‘shimcha qildi elchi.
Shuningdek, u Rossiya universitetlarini universitetning yangi poytaxtdagi filiali loyihasida ishtirok etishga taklif qildi.
U Indoneziyada rus tilini o‘rganishga katta qiziqish bildirilayotganini, ko‘plab universitetlarda xorijiy tillar orasida rus tili o‘qitiladigan fakultetlar mavjudligini ta’kidladi.
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo 2019-yilda mamlakat poytaxtini boshqa joyga ko‘chirish rejasini ma’lum qildi. Buning asosiy sababi hozirgi poytaxt Jakartaning tirbandligi edi. Bundan tashqari, u joylashgan Yava oroli seysmik faol zonada joylashgan. Shuningdek, har yili Jakarta dengiz sathidan 25 santimetr pastga siljiydi va bir necha o‘n yilliklar ichida uning ayrim hududlari suv ostida qolishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0