FVV qutqaruvchilari Namanganda kanalga tushib ketgan avtomobilni olib chiqishdi - video

© Favqulodda vaziyatlar vazirligi FVV qutqaruvchilari Namanganda kanalga tushib ketgan avtomobilni olib chiqishdi
FVV qutqaruvchilari Namanganda kanalga tushib ketgan avtomobilni olib chiqishdi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha avtomobilda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan.Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Namangan viloyatida noqulay ob-havo tufayli avtomobil haydovchisi katta kanalga tushib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli Chortoq tumani "Ayqiron" MFY hududidan oqib o‘tuvchi katta Namangan kanaliga tushib ketgan.
Shu kunning o‘zida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani to‘g‘risida tuman FV xabar kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha avtomobilda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Shunga ko‘ra zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0