https://oz.sputniknews.uz/20230103/kiberxavfsizlikni-taminlashga-yonaltirilgan-memorandum-imzolandi-31241951.html
Kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan memorandum imzolandi
Kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan memorandum imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu Memorandum Mudofaa vazirligi va "Kiberxavfsizlik markazi" DUK orasida aloqalarni rivojlantirish hamda kiberxavfsizlik sohasida ta’lim sifatini yanada... 03.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-03T18:38+0500
2023-01-03T18:38+0500
2023-01-03T18:38+0500
jamiyat
xavfsizlik
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/03/31242051_0:14:696:406_1920x0_80_0_0_b89f1eb8cae434a3cb49e0f30bda1269.jpg
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK o‘rtasida memorandum imzolandi.Shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti Kiberxavfsizlik fakulteti o‘quv moddiy bazasidagi Kiberxavfsizlik laboratoriyasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu laboratoriya fakultet kursantlarini kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 16-fevraldagi PQ-130-sonli qaroriga asosan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Kiberxavfsizlik fakulteti” tashkil qilingan. Bunga ko‘ra fakultet tarkibida tarmoq va axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi qator kafedralarga asos solingan.Hozirgi kunda bu yerda mazkur kadrlar tayyorlash jarayoni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, kiberhujum vektorlarini aniqlash, tarmoq va axborot tizimlarida zaifliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, zararli dasturlarga qarshi kurashishning profilaktik usullarini ishlab chiqish, tahdidlar va ularning manbalarini tezkor baholash qobiliyati hisobga olgan holda asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/03/31242051_68:0:628:420_1920x0_80_0_0_d213689cca1977376063adcbed706d22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, xavfsizlik, mudofaa vazirligi
jamiyat, xavfsizlik, mudofaa vazirligi
Kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan memorandum imzolandi
Ushbu Memorandum Mudofaa vazirligi va "Kiberxavfsizlik markazi" DUK orasida aloqalarni rivojlantirish hamda kiberxavfsizlik sohasida ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK o‘rtasida memorandum
imzolandi.
Tadbir davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, xususan, kiberxavfsizlik masalalari, harbiy institut kursantlari uchun talab qilinadigan bilim va ko‘nikmalar olish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, qo‘shimcha ta’lim tashabbuslarini tashkil etish hamda qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti Kiberxavfsizlik fakulteti o‘quv moddiy bazasidagi Kiberxavfsizlik laboratoriyasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu laboratoriya fakultet kursantlarini kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 16-fevraldagi PQ-130-sonli qaroriga asosan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Kiberxavfsizlik fakulteti” tashkil qilingan. Bunga ko‘ra fakultet tarkibida tarmoq va axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi qator kafedralarga asos solingan.
Hozirgi kunda bu yerda mazkur kadrlar tayyorlash jarayoni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, kiberhujum vektorlarini aniqlash, tarmoq va axborot tizimlarida zaifliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, zararli dasturlarga qarshi kurashishning profilaktik usullarini ishlab chiqish, tahdidlar va ularning manbalarini tezkor baholash qobiliyati hisobga olgan holda asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratilmoqda.