Fundamental fanlarni bekor qilish haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emas - ta’lim vaziri

© Telegram kanal Xiloli Umarovoy Hilola Umarova - ministr doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya
Hilola Umarova - ministr doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2023
Obuna bo‘lish
Har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, dunyo qanday tuzilganini bilishi shart - vazir.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan maktablarda fizika va kimyo fanlarini qisqartirish borasidagi o‘z fikrini bildirdi.
Vazir aytishiga ko‘ra fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi.

Shunday ekan, ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab o‘quvchilariga o‘qitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilaman. Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor e’tiborimizni qaratishimiz zarur, - dedi Umarova.

Barchamiz yaxshi bilamiz, maktab — har qanday soha va yo‘nalishda insonga bilim poydevori bo‘lib xizmat qiladigan maskan sanaladi. Muhandisu shifokor, dunyoga mashhur olimu sportchi yoki boshqa turli kasb egalari bo‘lsin, shu maktabdan yetishib chiqadi, hayotiy tushuncha va bilimlarni, avvalo maktabda oladi. Shunday ekan, maktab har bir o‘quvchi uchun bazaviy bilim poydevorini qo‘yishi lozim.

Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart, - dedi vazir.

Shuningdek, Umarova prezident tomonidn 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinganini esga oldi va vazirlik oldidan maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, bitiruvchi yoshlarning biror kasb sirlarini o‘rganib chiqishi, kasbga yo‘naltirishi vazifasi turganini aytib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0