O‘zbekiston va Qirg‘iziston muzeylari o‘rtasida ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etiladi

© Madaniy meros agentligi O‘zbekiston va Qirg‘iziston muzeylar sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston muzeylar sohasida hamkorlik qiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi va Qirg‘izistonning "O‘zgan" davlat tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston muzeylarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonning Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi va Qirg‘izistonning "O‘zgan" davlat tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
© Madaniy meros agentligi O‘zbekiston va Qirg‘iziston muzeylar sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston muzeylar sohasida hamkorlik qiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
O‘zbekiston va Qirg‘iziston muzeylar sohasida hamkorlik qiladi
Mazkur hujjatga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik davomida xodimlar, soha mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish, kelgusida muzeylarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil kabi ishlar olib boriladi.
Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi:
O‘zaro tajriba almashish;
Qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish;
Konferensiyalar, seminarlar, mashg‘ulotlar, muzey hodimlarining o‘zaro uchrashuvlarini tashkil etish;
Muntazam ravishda sohaga oid adabiyotlar va boshqa nashrlarni almashish;
Muzeylar o‘rtasida ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avvalroq Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya muzey xodimlarining anjumani bo‘lib o‘tgan edi. Anjuman doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston va Rossiyada muzey sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi, muzeylar o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Shuningdek, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari Nadejda Prepodobnaya muzeylar sohasi bilan bir qatorda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohasida ham hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.
Qolaversa, Rossiyadagi O‘zbekistonga oid madaniy boyliklardan nusxa olish, ular to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ham belgilab olindi.
Yangiliklar lentasi
0