O‘zbekiston rossiyaliklar sayohat qilishni istaydigan eng ommabop davlatlar qatoriga kirdi

Pojiloy turist - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaliklar qishki ta’tilni o‘tkazish uchun eng ko‘p chipta sotib olingan davlatlar ma’lum qilindi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Yangi yil bayramida mustaqil sayyohlar uchun eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlari aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti “Kupibilet”ga tayanib habar berdi.
Onlayn servis mutaxassislari bronlash ma’lumotlarini tahlil qilib, Turkiya eng ommabop xorijiy yo‘nalishga aylanganini aniqlashdi. Qayd etilishicha, sayohat hujjatlarini xarid qilishning 28 foizi mazkur davlatga to‘g‘ri keladi.
Armanistonni 16 foiz, Isroil va Ozarbayjonni 7 foiz, O‘zbekistonni esa 5 foiz mijozlar tanlagan.
Bu yil Isroil o‘tgan yili uchinchi o‘rinni egallagan Moldovani kuchli beshlikdan chiqarib yubordi. Eng mashhur plyaj yo‘nalishi - BAA (parvozlarning uch foizi to‘langan), Tailand va Misrning ulushi ikki foizdan iborat.
Rossiyada Yangi yil bayramlari uchun xorijdagi chiptalarning o‘rtacha narxi yil davomida 68 foizga oshib, 23,2 ming rublni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda 4,7 mln nafar sayyoh kelgan bo‘lsa, kelgusi yilda 7 mln nafar xorijiy turist kelishi va mahalliy sayyohlar soni 12 mln nafarga yetishi kutilmoqda. O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi tomonidan mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda qator davlatlar, xususan, Rossiya bilan hamkorlik yanada kengaytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0