Qiz farzandni, onani o‘qitsak, jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v Mejdunarodnom kongress-sentre oznakomilsya s vistavkoy sovremennix uchebnikov "Povishenie kachestva obrazovaniya – yedinstvenno pravilniy put razvitiya Novogo Uzbekistana!".
Shavkat Mirziyoyev v Mejdunarodnom kongress-sentre oznakomilsya s vistavkoy sovremennix uchebnikov Povishenie kachestva obrazovaniya – yedinstvenno pravilniy put razvitiya Novogo Uzbekistana!. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv darsliklari taqdimotida qiz farzandlar va ayollarni o‘qitish muhimligini qayd etdi.
“Bolalarni kim tarbiya qiladi? Albatta, ayollar. Shuning uchun biz qizlarimizni, onalarimizni o‘qitishimiz kerak. Shunda jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz”, - dedi davlat rahbari.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 5-yilda mingta maktab qurilgan. 7 millionta kompyuter sinflarini tashkil etilgan. Bu kabi ishlarga 14 trillion mablag‘ ajratilgan.
“Bu hozirgi sharoitimiz uchun katta mablag‘. Lekin ta’lim uchun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz” – Mirziyoyev.
Prezident 1-yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida o‘qitilishini aytdi.
“Keyingi bosqichda 5–11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvchisi ikkita tilni bilishi va bitta kasb o‘rganishi kerak. Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari.
Yangiliklar lentasi
0