O‘zbekistonlik hakamlar "Fors ko‘rfazi kubogi" uchrashuvlarini boshqarib borishadi

© O‘zbekiston Futbol AssotsiatsiyasiUzbekskie futbolnie sudi
Uzbekskie futbolnie sudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Iroqning Basra shahri 2023-yilning 6-19 yanvar kunlari an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan Fors ko‘rfazi kubogiga mezbonlik qiladi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik hakamlar "Fors ko‘rfazi kubogi" uchrashuvlarini boshqarib borishadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
Iroqning Basra shahri 2023-yilning 6-19 yanvar kunlari an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan Fors ko‘rfazi kubogiga mezbonlik qiladi.
Ushbu musobaqada Osiyoning arab mamlakatlari — Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Oman, Bahrayn, Kuvayt va Yaman terma jamoalari ishtirok etishadi.
Musobaqa tashkilotchilari O‘FAga FIFA hakamlari — Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Sanjar Shoyusupov (yordamchi hakam) va Alisher Usmonov (yordamchi hakam)ning ishtiroklari bo‘yicha rasmiy taklif yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining 3-bosqich saralashidan o‘rin olgan BAA — Suriya uchrashuvida o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi ishlagan edi. Unda Ilgiz Tantashev o‘yinda bosh hakam vazifasini bajargan. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynulin yordam bergan. Ahrol Risqullayev esa zaxira hakami bo‘ldi.
Aprel oyida Erkin Baxtiyorov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga direktor etib tayinlandi. Mazkur markaz mamlakatda o‘tkaziladigan barcha turdagi futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar faoliyatini muvofiqlashtiririb boradi. Qolaversa, O‘zbekiston hududida futbol, ayollar futboli, mini futbol, hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga hamda ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashadi.
Shuningdek, avgust oyida o‘zbekistonlik sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi prezidenti qoshidagi (RFI) ekspert-hakamlar komissiyasining doimiy a’zosi bo‘lgan edi.
Ravshan Ermatov komissiyasining amaldagi tarkibining to‘qqizinchi a’zosi bo‘ldi. Ermatovdan tashqari komissiya tarkibiga RFI hakamlar bo‘limi boshlig‘i Pavel Kamansev, Sergey Zuyev, Aleksandr Gvardis, Nikolay Ivanov, Sergey Fursa, Nikolay Levnikov, Oleg Sokolov va Eduard Maliy ham kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0