Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Lavrov Zelenskiyning “tinchlik formulasi”ni xom xayol deb atadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Kiyev G‘arb yordamida Rossiyani Donbass, Qrim, Zaporojye va Xersondan chiqarib yuborishga umid qilmoqda, ammo bu xom xayol, bu ularning muloqotga tayyor emasligini anglatadi xolos.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya hech kim bilan Vladimir Zelenskiy taklif qilgan “tinchlik formulasi” asosida gaplashmoqchi emas, Kiyevning o‘zi ham muloqotga tayyor emasligi aniq. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ta’kidladi.
“Shubhasiz, Kiyev muloqotga tayyor emas. Zelenskiy har xil g‘oyalar va “tinchlik formulalarini” ilgari surar ekan, G‘arb yordamida qo‘shinlarimizni Rossiya hududi Donbassdan, Qrim, Zaporojye va Xerson viloyatidan olib chiqib ketishga erishish xom xayoliga umid qiladi. Albatta, biz hech kim bilan bunday shartlarda gaplashmaymiz”, dedi Lavrov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish g‘oyasidan voz kechmagan.
“Eslatib qo‘ymoqchimanki, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng darhol Vladimir Zelenskiy muzokaralar stoliga o‘tirish tashabbusi bilan chiqdi. Biz buni rad etmadik va uning vakillari bilan uchrashishga rozi bo‘ldik. Muzokaralarning bir necha raundlari shuni ko‘rsatdiki, o‘zaro maqbul kelishuvlarni topish mumkin edi. Biroq fevral oyida boshlangan muzokaralar jarayoni Zelenskiyning muhim qarorlar qabul qilishda mutlaqo mustaqil emasligini ko‘rsatdi. Aprel oyidayoq jangovar harakatlarni davom ettirishdan manfaatdor bo‘lgan anglo-sakslarning buyrug‘i bilan u tezda muzokaralarni to‘xtatdi va o‘z pozitsiyasini keskin qattiqlashtirdi”, deya xulosa qildi vazir.
TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozir Ukrainada munosib siyosatchilar bor yoki yo‘qligini aytish qiyin.
“Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududlarda adekvat siyosatchilar qoldi, deyish qiyin. Keyinchalik Kiyevda qandaydir sog‘lom siyosiy arbob paydo bo‘lishi mumkinmi? Yashasak, ko‘ramiz”, dedi Lavrov.
Noyabr oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb OAVlari Kiyevni Moskva bilan muloqotga undayotgani haqidagi xabarlaridan so‘ng, muzokaralarni boshlash uchun respublika shartlarini aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “hududiy yaxlitlikni tiklash, BMT Nizomiga hurmat, barcha yo‘qotishlar uchun tovon to‘lash, har bir harbiy jinoyatchini jazolash va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolatdir”.
Shu bilan birga, Zelenskiy avvalroq Rossiyaning amaldagi rahbariyati bilan muzokara olib borishning mumkin emasligi haqidagi farmonni imzolagan edi. U, shuningdek, Kiyev mamlakatdagi hokimiyat o‘zgarmas ekan, Moskva bilan muloqot o‘tkazmasligini aytdi.
Rossiya muzokaralarga tayyorligi haqida bir necha bor aytgan.
Prezident Vladimir Putin barcha mojarolar diplomatik yo‘llar bilan tugashini ta’kidlagan. Kremlga ko‘ra, Zelenskiy agar xohlasa, mamlakatdagi jangovar harakatlar ertasi kuni tugashi mumkinligini biladi.
Yangiliklar lentasi
0