Hokimlarga nisbatan ishonchsizlik votumini taqdim etish mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Qonunda deputatlar hokimga nisbatan qay holatlarda ishonchsizlik votumini taqdim etish mumkinlini aniq belgilanmoqda. Hokim ishdan olinsa, o‘rinbosarlari ham bo‘shatiladi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonda hokimlarga nisbatan ishonchsizlik votumi taqdim etish tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Bu Adliya vazirligi ishlab chiqqan va jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan qonun loyihasida nazarda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, Mahalliy ijroiya hokimiyati to‘g‘risidagi qonunning maqsadi mahalliy ijroiya hokimiyatining faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
7-moddada Xalq deputatlari kengashlarining deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi hokimga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish taklifi bilan chiqish huquqiga egaligi belgilangan.
Hokimga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
xalq deputatlari kengashlari tasdiqlagan hududni rivojlantirish bo‘yicha dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning kamida uchdan bir qismi bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi;
hokimning xalq deputatlari kengashlari vakolati doirasida berilgan qonuniy talablarni ikki martadan ortiq bajarmagani;
hokimning davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzgani;
hokim yoki uning o‘rinbosarlari davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘larini sarflashda qonunchilik talablarini buzgani.
Ishonchsizlik votumini tegishli xalq deputatlari Kengashlari 10 kun muddat ichida navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqadi. Deputatlar umumiy sonining kamida yarmidan ko‘pi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Qabul qilingan ishonchsizlik votumini xalq deputatlari Kengashining raisi besh kun ichida hokimni lavozimidan ozod uchun tegishlicha prezidentga yoki yuqori turuvchi hokimga yuboradi.
Hokimga nisbatan ishonchsizlik votumi qabul qilingan holatda prezident yoki yuqori turuvchi hokim 10 kun ichida hokimni lavozimidan ozod etish yoki ishonchsizlik votumini rad etish masalasini ko‘rib chiqadi.
Hokimni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, uning o‘rinbosarlari ham iste’foga chiqariladi.
Ishonchsizlik votumi rad etilganda, tegishli xalq deputatlari kengashi 6 oydan so‘ng hokimga nisbatan takroran ishonchsizlik votumini qabul qilib, yana prezident yoki yuqori turuvchi hokimga yuborishi mumkin.
Qonun loyihasi muhokamasida 11-yanvargacha ishtirok etish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0