https://oz.sputniknews.uz/20221228/umra-ziyoratiga-ketayotgan-ozbekistonliklar-ythga-uchradi----tiv-31094135.html
Umra ziyoratiga ketayotgan o‘zbekistonliklar YTHga uchradi - TIV
Umra ziyoratiga ketayotgan o‘zbekistonliklar YTHga uchradi - TIV
Sputnik O‘zbekiston
Mazkur avtobusda O‘zbekistondan borgan 50 nafar O‘zbekiston ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan. 28.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-28T09:30+0500
2022-12-28T09:30+0500
2022-12-28T09:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston tiv
umra
saudiya arabistoni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27279923_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_db50987e8668514254d7d4125779bf25.jpg
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Umra ziyoratiga ketayotgan o‘zbekistonliklar yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, 27-dekabr kuni Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 09:15da “Al-Afaj” transport kompaniyasiga tegishli “Mercyedes-Benz” rusumli avtobus haydovchisi “Jidda-Madina” 160-magistral yo‘lida uxlab qolishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.Mazkur avtobusda O‘zbekistondan borgan 50 nafar O‘zbekiston ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan.Transport hodisasi oqibatida jabr ko‘rganlarga Madina shahri yaqinidagi “Vadi Al-Far’” va “Al-Himna” shifoxonalarida tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.Avtobusdagi 40 nafar ziyoratchi Madina shahridagi mehmonxonaga joylashtirildi.Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar 22-yanvardan Umra ziyoratini amalga oshirishni boshlashgan. Bu yil ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ikki yil avvalgi holatga nisbatan ziyorat narxlari ko‘tarilgan. Shuningdek, qirollikda 15 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘i ham joriy etilgan.Noyabr oyida Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi tashkil etilgandi. Qayd etilishicha, Umra safarini sayyohlik agentliklari orqali tashkil etib berayotganligi sababli ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur muammolarni bartraf etishda maqsadida Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi tashkil etish zarurati tug‘ildi. Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assoitsiatsiyasi Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27279923_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_297d8a39451344a6648950e05372d56e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston tiv, umra, saudiya arabistoni
jamiyat, o‘zbekiston tiv, umra, saudiya arabistoni
Umra ziyoratiga ketayotgan o‘zbekistonliklar YTHga uchradi - TIV
Mazkur avtobusda O‘zbekistondan borgan 50 nafar O‘zbekiston ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Umra ziyoratiga ketayotgan o‘zbekistonliklar yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar
berdi. Qayd etilishicha, 27-dekabr kuni Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 09:15da “Al-Afaj” transport kompaniyasiga tegishli “Mercyedes-Benz” rusumli avtobus haydovchisi “Jidda-Madina” 160-magistral yo‘lida uxlab qolishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Mazkur avtobusda O‘zbekistondan borgan 50 nafar O‘zbekiston ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan.
Transport hodisasi oqibatida jabr ko‘rganlarga Madina shahri yaqinidagi “Vadi Al-Far’” va “Al-Himna” shifoxonalarida tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Avtobusdagi 40 nafar ziyoratchi Madina shahridagi mehmonxonaga joylashtirildi.
“Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. Ushbu mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Diplomatlarimiz fuqarolarimiz holidan xabardor bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar 22-yanvardan Umra ziyoratini amalga oshirishni boshlashgan. Bu yil ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ikki yil avvalgi holatga nisbatan ziyorat narxlari ko‘tarilgan. Shuningdek, qirollikda 15 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘i ham joriy
etilgan.Noyabr oyida Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi tashkil etilgandi. Qayd etilishicha, Umra safarini sayyohlik agentliklari orqali tashkil etib berayotganligi sababli ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur muammolarni bartraf etishda maqsadida Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi tashkil etish zarurati tug‘ildi. Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assoitsiatsiyasi Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatidan
o‘tkazildi.