“Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘li yopildi: qaysi aylanma yo‘llardan foydalanish mumkin?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Bu avtomobil yo‘lining 82-kilometrida joylashgan yo‘l o‘tkazgich ta’mirtalab holatga kelib qolgan.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Sirdaryo viloyati hududidan o‘tgan “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘li transport harakati qisman cheklandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1976-yilda foydalanishga topshirilgan M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 82-kilometrida joylashgan yo‘l o‘tkazgich ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Hozirda yo‘l o‘tkazgichda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Bu nosozliklar bartaraf etilgunga qadar Toshkent shahridan qo‘shni viloyatlarga o‘tish Sirdaryo tumanidagi aylanma yo‘l orqali amalga oshirilmoqda.
© Sirdaryo viloyati hokimligi“Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘li
“Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘li - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
“Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘li
Unga ko‘ra, barcha transport vositalari harakati vaqtincha mazkur yo‘lga yo‘nalishdosh bo‘lgan M-39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining 873-882 kilometri va davlat ahamiyatidagi 4R-29 “M34 avtoyo‘li — M39 avtoyo‘li — Qozog‘iston chegarasi” avtomobil yo‘lining 0-7 kilometrdagi qismi orqali tashkil etiladi.
Hozirda barcha yo‘nalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligi to‘liq ta’minlangan.
Yangiliklar lentasi
0