“Sovg‘alar karvoni" Jizzaxdagi ko‘zi ojiz bolalarga maktab to‘plamlarini yetkazib berdi

© Telegram/Saida Mirziyoyeva"Karavan podarkov" dostavil shkolnie nabori slabovidashim detam v Djizake
Karavan podarkov dostavil shkolnie nabori slabovidashim detam v Djizake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
To‘plam Brayl yozuvi uchun moslama va stiluslar, sport anjomlaridan iborat.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. “Sovg‘alar karvoni" Jizzaxdagi ko‘zi ojiz bolalarga maxsus mo‘ljallangan o‘quv qurollaridan iborat to‘plam yetkazib berdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijroiya apparati sektor mudiri Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram- kanalida ma’lum qildi.
Aytilishicha, to‘plam Brayl yozuvi uchun moslama va stiluslar, sport anjomlaridan iborat.
“Bolalar ham bu uchrashuvni kutgan ekan, bizga bayramona sovg‘alar tayyorlab qo‘yishibdi — qo‘shiq aytib, raqsga tushdilar, she’rlar o‘qib berishdi. Ko‘plab savollar berishdi, hayotida ro‘y bergan yangiliklar va kelajak rejalari haqida so‘zlab berdilar. Bu bolalarning rejalari ulkan. Ularga qarab, butun mamlakatimiz o‘z oldiga maqsad qo‘yishni ana shu jajji qahramonlardan o‘rganishi kerakmikan, deb o‘ylab qoldim”, deya yozadi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Prezident sovg‘asi”ning birinchi karvoni hududlarga jo‘natilgan edi. 3–15 yoshdagi 10 ming nafar bolaga mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari” tarkibiga O‘zbekiston prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi o‘quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlari kiritilgan.
Shuningdek, joriy yilda mazkur sovg‘alar tarkibiga Mehribonlik uylari, Oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallalari hamda “Mehrli maktab”ning 12 yoshdan katta bo‘lgan 1095 nafar tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy elektron kitoblar ham kiritildi.
Yangiliklar lentasi
0