Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi DXRda Ukrainaning qo‘poruvchi razvedka guruhini yo‘q qildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVS Rossii vzali pod kontrol Aleksandrovku v Xersonskoy oblasti
VS Rossii vzali pod kontrol Aleksandrovku v Xersonskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Donesk yo‘nalishida Rossiya Qurolli kuchlari 80 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, to‘rtta zirhli jangovar mashina va beshta avtomobilni yo‘q qildi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari harbiylari Donesk xalq respublikasida (DXR) Ukrainaning qo‘poruvchi razvedka guruhini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.

“Donesk xalq respublikasining Vladimirovka aholi punkti yo‘nalishida harakat qilayotgan Ukraina Qurolli kuchlarining qo‘poruvchilik-razvedka guruhi yo‘q qilindi”, - dedi u.

Shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari Janubiy-Donesk yo‘nalishida Ukraina armiyasining 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalarini hamda DXRning Ugledar shahri yaqinida xorijiy yollanma askarlarni yo‘q qildi. Natijada 70 nafardan ortiq ukrainalik askarlar, beshta zirhli jangovar mashina va ikkita pikap yakson qilingan.
Bundan tashqari, Donesk yo‘nalishida Rossiya Qurolli kuchlari 80 nafardan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, to‘rtta zirhli jangovar mashina va beshta avtomobilni yo‘q qildi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0