O‘zbekiston Suv kodeksi loyihasi e’lon qilindi
© Depositphotos / RteeNattapongRebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy
© Depositphotos / RteeNattapong
Obuna bo‘lish
Yangi qonun loyihasi suv munosabatlarini kompleks va tizimlashtirilgan ravishda huquqiy tartibga solishni ta’minlaydi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekistonning Suv kodeksi loyihasi e’lon qilindi.
Suv kodeksi loyihasini ishlab chiqishning asosiy g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va muhofaza qilishning hamda suvdan oqilona foydalanishning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda suv munosabatlarini kompleks va tizimlashtirilgan huquqiy tartibga solishni ta’minlaydi.
Suv kodeksining asosiy maqsadi - suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni (suv munosabatlarini) tartibga solishdan iborat.
Suv kodeksining asosiy vazifalari:
aholini, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhitni suv bilan barqaror ta’minlash;
suv resurslarini, shu jumladan bozor munosabatlari sharoitida boshqarish va ulardan oqilona foydalanishning samarali mexanizmlarini yaratish;
aholi va atrof muhit uchun suvdan foydalanishning ekologik xavfsiz darajasiga erishish hamda uni saqlash;
suv resurslarini boshqarishning iqlim o‘zgarishiga barqarorligini oshirish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va suv xo‘jaligi xizmatlarini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
suv resurslarining barqarorligini ta’minlash, shu jumladan suvlarni ifloslanish, bulg‘alanish va kamayib ketishdan muhofaza qilish;
suvlar va suv obyektlarining holatini yaxshilash, suvga zararli ta’sirning oldini olish va uni bartaraf etish;
suv obyektlari holatini yaxshilash, yuridik va jismoniy shaxslarning suvga doir munosabatlar sohasidagi huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
suv masalalari bo‘yicha davlatlararo hamkorlikka sodiqlikni ta’minlash hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati, maxsus vakolatli va boshqa organlar nomidan davlat, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa notijorat tashkilotlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar suvga doir munosabatlar subyektlari hisoblanadi.
Suv kodeksini ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, huquqiy tizimlari o‘xshash bo‘lgan mamlakatlarda suv munosabatlarini huquqiy tartibga solish tajribasi o‘rganilgan. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi Suv to‘g‘risidagi qonuni (2002), Rossiya Federatsiyasi Suv kodeksi (2006y), Armaniston Respublikasi Suv kodeksi (2002 y), Belarus Respublikasi Suv kodeksi (2014 y), Qozog‘iston Respublikasi Suv kodeksi (2003 y), Qirg‘iziston Respublikasi Suv kodeksi (2005 y), Tojikiston Respublikasi Suv kodeksi (2020 y), Turkmaniston Suv kodeksi (2019 y), Ukraina Respublikasi Suv kodeksi (1995 y) tahlil qilingan. O‘zbekiston huquqiy tizimining roman-german huquqiga yaqinligini hisobga olib, Fransiya, Germaniya va Estoniya davlatlarining suv qonunchiligi o‘rganilgan.