Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina deyarli barcha NATO va sovet qurollarini ishlatib bo‘ldi – “Axmat” qo‘mondoni

© AP Photo / Vadim GhirdaUkrainskie voyennoslujashie yedut verxom na bronetransportere v Kiyeve, Ukraina.
Ukrainskie voyennoslujashie yedut verxom na bronetransportere v Kiyeve, Ukraina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan juda ko‘p miqdordagi qurollar ham ishlatib yuborildi, deydi qo‘mondon.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Ukraina G‘arb va Sovet qurollari zaxirasini ishlatib yubordi. Bu haqda Checheniston rahbari yordamchisi, “Axmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni, LXR Xalq militsiyasining 2-armiya korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Apti Alaudinov ma’lum qildi.
“NATO bloki tomonidan Ukrainaga qurol yetkazib berishni darhol takrorlashning iloji bo‘lmaydi. Ularda eksport uchun bunday hajmlar yo‘q. Nafaqat yetkazib berilgan qurollar, balki Ukraina hududida joylashgan Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan juda ko‘p miqdordagi qurollar ham ishlatib yuborildi”, deydi u.
Bundan tashqari, qo‘mondon Artomovsk yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlari qo‘lida bo‘lgan vaziyat haqida gapirgan.

“Front barqaror. Artomovsk bizning bo‘linmalar tomonidan tizimli ravishda bostirib kelinmoqda. Faqat bitta natija bo‘ladi - Artomovsk ozod qilinadi. Biz biroz sekin harakat qilayotganimizning asosiy va yagona sababi - tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishini oldini olishdir”, deya qo‘shimcha qildi u.

U, shuningdek, NATO Rossiyaning Artomovsk tomon yurishini sekinlashtirishga “bor kuch va vositalari bilan” harakat qilayotganini ta’kidladi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlarning vazifasi Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlashdir.
Yangiliklar lentasi
0