Senat 2023-yil uchun Davlat budjetini ma’qulladi

© Press-slujba Senata UzbekistanaSenatori odobrili vnesenie izmeneniy i dopolneniy v zakon "O gosudarstvennoy poshline"
Senatori odobrili vnesenie izmeneniy i dopolneniy v zakon O gosudarstvennoy poshline - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Senatning 36-yalpi majlisida Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Bugun Oliy Majlis Senatining 36-yalpi majlisida “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qonun bilan 2023-yil uchun mamlakatning Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024–2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilangan.
Ta’kidlanishicha, qonunga ko‘ra, 2023-yilda mamlakat iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 5,3 foizni va iste’mol narxlari indeksi 2022-yilning dekabr oyiga nisbatan 9,5 foiz miqdorida bo‘lishidan kelib chiqib, Davlat budjeti parametrlari hisob-kitob qilingan.
Budjetning daromadlari 2023-yilda 310,7 trln so‘mni hamda xarajatlar 343,2 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
Qonun bilan 2023-yil uchun O‘zbekiston hukumati nomidan va davlat kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd dollar etib belgilanmoqda.
2023 yilgi Davlat budjeti xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga) 257,7 trln so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni tashkil qilmoqda.
2023 yil uchun Davlat budjetida aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirish uchun 18,1 trln so‘m ajratiladi.
Shu bilan birga kelgusi yilda jami 52 mingdan ortiq daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1,1 trln so‘m subsidiyalar to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiyotga ajratilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar 36,7 trln so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,4 foizni, jami xarajatlarning 14 foizini tashkil etib, bu mablag‘lar asosan tomchilatib sug‘orish, geologik qidiruv ishlarini va aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda uy-joy kommunal xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Senatorlar mazkur qonunni ma’qullashdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 22-dekabr kuni ma’qullangan edi. Qaysi tashkilotga qancha mablag‘ ajratilishi haqida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0