https://oz.sputniknews.uz/20221226/samarqand--yangi-ozbekistonning-turizm-darvozasi-tadbirkorlarga-qator-engillik-beriladi-31042789.html
“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi: tadbirkorlarga qator yengillik beriladi
“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi: tadbirkorlarga qator yengillik beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlar 4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini to‘lashdan ozod qilinadi. 26.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-26T14:50+0500
2022-12-26T14:50+0500
2022-12-26T14:50+0500
turizm
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/07/29765473_0:1244:2048:2396_1920x0_80_0_0_16611d1fd3ce22cd3fdecb3311ac949e.jpg
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Prezident 24-dekabr kuni “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.Qarorga muvofiq, “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi.2026 yil 1-yanvargacha tadbirkorlar:Shuningdek, 2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi o‘tkaziladi.Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari tashkil etiladi.2023 yil 1-sentabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yo‘lga qo‘yiladi.Mazkur tizimda: chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi, avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish hamda monitoring qilish bo‘yicha yagona platforma yaratiladi.2023 yil 1-fevralgacha Aeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi.Samarqand Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasiga aylanadi – MirziyoyevMa’lumot uchun, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish belgilangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/07/29765473_0:1052:2048:2588_1920x0_80_0_0_71c3e3e752a15dc817840da6fdcab8fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, samarqand
“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi: tadbirkorlarga qator yengillik beriladi
Tadbirkorlar 4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Prezident 24-dekabr kuni “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni
imzoladi. Qarorga muvofiq, “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi.
2026 yil 1-yanvargacha tadbirkorlar:
4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini to‘lashdan;
Samarqand turistik markazida qurilish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.
Shuningdek, 2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi o‘tkaziladi.
Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari tashkil etiladi.
2023 yil 1-sentabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur tizimda: chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi, avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish hamda monitoring qilish bo‘yicha yagona platforma yaratiladi.
2023 yil 1-fevralgacha Aeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi.
Ma’lumot uchun, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish belgilangan.