Rossiyada xorijliklar uchun “sayyoh kartasi” yaratiladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPrednovogodnyaya Moskva
Prednovogodnyaya Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Sayyoh kartasi orqali xorij fuqarolari bank o‘tkazmasi orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiyada xorijliklarning naqd pulsiz to‘lovlari uchun “sayyoh kartasi” yaratiladi. Bu haqda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning naqd pulsiz to‘lovlari uchun “sayyoh kartasi”ni yaratishni rejalashtirmoqda.

“Uni ko‘paytirish uchun (kirib kelayotgan turistlar oqimi – tahr.) ... Turist kartasini yaratish zarur, buning yordamida xorij fuqarolari bank o‘tkazmasi orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi”, - deydi Reshetnikov.

Yangiliklar lentasi
0