Putin: MDH davlatlarining hamkorlikni chuqurlashtirishi ularning tub manfaatlariga mos keladi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Belorussiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Belorussiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti o‘zaro hamkorlikning chuqurlashishi Hamdo‘stlik davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi vazifalarini samaraliroq hal etishga yordam berishini ta’kidladi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlarining hamkorlikni chuqurlashtirishi ularning tub manfaatlariga mos keladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Shunga ishonch bildirishni istardimki, MDH doirasida o‘zaro hamkorlikning chuqurlashishi mamlakatlarimizning tub manfaatlariga mos keladi, Hamdo‘stlik davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi vazifalarini samaraliroq hal etishga yordam beradi va mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaydi”, - dedi Rossiya rahbari Sankt-Peterburgdagi MDH norasmiy uchrashuvida.
Putin MDH mamlakatlarining hamkorligi yagona gumanitar maydonni saqlash, fuqarolar o‘rtasida turli almashinishlarni kengaytirish kabi muhim sohani qamrab olishini ta’kidladi.
U Hamdo‘stlik mamlakatlarini umumiy tarix, chambarchas bog‘langan madaniyat va an’analar, qadriyatlar va ayniqsa, MDHning ko‘p millatli davlatlarini birlashtirgan rus tili bog‘lab turishini qayd etdi.
Sankt-Peterburgdagi sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0