O‘zbekistonlik kamonchilar BAAdagi Osiyo kubogida sovrindor bo‘lishdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekistonlik kamonchilar Birlashgan Arab Amirliklaridagi Osiyo kubogida sovrindor bo‘lishdi
O‘zbekistonlik kamonchilar Birlashgan Arab Amirliklaridagi Osiyo kubogida sovrindor bo‘lishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
BAAning Sharja shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogi bosqichi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar miks dasturida shohsupaga ko‘tarilishdi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik kamonchilar Birlashgan Arab Amirliklaridagi Osiyo kubogida sovrindor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
BAAning Sharja shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogi bosqichi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar miks dasturida shohsupaga ko‘tarilishdi.
Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi dastlab Iroqni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ular chorak finalda tarkibi turli bo‘lsada, mazkur yo‘nalishda Tokio-2020 Olimpiadasida g‘alaba qozongan Koreya Respublikadan 6:2 hisobida ustun kelishdi.
Biroq yarim finalda Xitoy Taipeyi vakillariga 4:5 hisobida imkoniyat boy berildi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa Bangladesh 5:3 hisobida mag‘lub etildi.
Yangiliklar lentasi
0