Medvedev G‘arb davlatlarining ittifoqlari parchalanib ketishini bashorat qildi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev, arxivnoe foto
Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari ularning o‘rniga dunyoda bir nechta makromintaqalar tashkil etilishini taklif qildi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev G‘arb davlatlarining ittifoqlari yo‘qolib ketadi deb bashorat qilmoqda.
Medvedev ularning o‘rniga dunyoda bir nechta makromintaqalar tashkil etilishini taklif qildi.

“Ertami kechmi, katta va kuchli G‘arb davlatlarining ittifoqlari mavjud bo‘lishni bas qiladi”, - deb yozadi Medvedev “Rossiyskaya gazeta” uchun maqolasida.

Uning fikricha, buning sababi ularda“umumiy dushman” oldida ham kelishmovchiliklarning mavjudligi.
Medvedev voqealar rivojining bir nechta variantlarini ko‘rgan, uning fikricha, eng katta ehtimol, qarama-qarshilik emas, balki o‘z ichki qoidalari hamda sheriklik va muloqot kayfiyatiga ega bo‘lgan bir nechta makromintaqalarni shakllantirishdir.
Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosarining fikricha, shu tariqa “xalqaro munosabatlarning butun tizimi nafaqat ko‘p qutbli, balki xayrixohlik bilan aralashmaslik tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali ham bo‘ladi”. Medvedevning qo‘shimcha qilishicha, natijada yetakchi xalqaro tuzilmalar ham sezilarli darajada zaiflashadi, biroq bunday makromintaqalar xavfsizligi mustahkamlanadi.
Yangiliklar lentasi
0