Lavrov: G‘arb yaqin orada dunyo iqtisodiyotini boshqarish imkoniyatini yo‘qotadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri G‘arb dunyo iqtisodiyotidagi boshqaruv imkoniyatlarini qo‘ldan boy berishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. G‘arb mamlakatlari yaqin orada dunyo iqtisodiyotidagi boshqarish imkoniyatini yo‘qotadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Sizni ishontirib aytamanki, yaqin orada G‘arbning imkoniyatlari qisqarishi, u xohlaganidek boshqarishni istaydigan dunyo iqtisodiyotini boshqarish imkoniyatlari jiddiy qisqarishini kuzatamiz. U istaydimi yoki yo‘q, kelishishiga to‘g‘ri keladi”, - dedi Lavrov Rossiya OAVlari rahbarlari bilan uchrashuvni ochayotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya G‘arb ortidan yugurish niyatida emas. G‘arb deyarli barcha munosabatlarni uzgan.
“Iqtisodiyotda, ijtimoiy, madaniyat, sport sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishimiz mumkin bo‘lganlar bor. Bizga hech qachon pand bermaganlarga diqqatimizni qaratamiz”, - dedi Rossiya vaziri.
Yangiliklar lentasi
0