Sobiq AQSh razvedka xodimi Rossiyadan nimani o‘rganish kerakligini aytdi

© AP Photo / Nicolas ArmerAmerikanskiy soldat derjit flag vo vremya voyennoy seremonii v kazarmax Shtork v Illesxayme, Germaniya
Amerikanskiy soldat derjit flag vo vremya voyennoy seremonii v kazarmax Shtork v Illesxayme, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, AQSh Yaqin Sharq mamlakatlari bilan o‘zaro aloqa va hamkorlik sohasida Rossiyadan o‘rganishi kerak.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Yaqin Sharq mamlakatlari bilan o‘zaro aloqa va hamkorlik sohasida Rossiyadan o‘rganishi kerak, deb yozadi “The National Interest” jurnali sharhlovchisi va faxriy amerikalik razvedka xodimi Pol Pillar.
Uning yozishicha Moskva Isroildan tortib Erongacha va boshqa ko‘plab Yaqin Sharq davlatlari bilan munosabatlarda mahorat ko‘rsatishda davom etmoqda.

“Si Szinpinning yaqinda Ar-Riyodga qilgan safari Xitoyning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosatda Rossiyadan o‘rnak olish harakatlarining bir qismidir”, - deb hisoblaydi u.

Qayd etilishicha, so‘nggi voqealar fonida AQShning Yaqin Sharqdan Sharqiy Osiyoga e’tiborining hali amalga oshirilmagan “burilishi” tez-tez tilga olinadi.

“Qo‘shma Shtatlarning yaqin yillardagi Yaqin Sharqqa nisbatan siyosati mintaqadagi mumkin bo‘lgan geosiyosiy o‘zgarishlarni kutishga emas, aksincha, saboqlarga asoslangan bo‘lishi kerak”, - deydi Pillar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu saboqlardan biri shundaki, Qo‘shma Shtatlar o‘z ta’sirini kengaytirish uchun barcha bilan biznes yuritishda ruslarga taqlid qilishi va Yaqin Sharqni “do‘stlar va dushmanlar”ga bo‘lingan mintaqa sifatida ko‘rmasligi kerak.
Yangiliklar lentasi
0