Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlava TPP Uzbekistana Adxam Ikramov
Glava TPP Uzbekistana Adxam Ikramov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
Adham Ikramov sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Adham Ilhomovich Ikramov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Biroq hozircha Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov o‘z ishini davom ettirmoqda. O‘z navbatida Adham Ikramov ham sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

“Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi yangi ta’sis etilgan lavozim bo‘lib, unga prezident tavsiyasi bo‘yicha Adham Ikramov saylandi. Bu jamoatchilik asosidagi lavozim hisoblanadi. Ayni vaqtda Adham Ikramov sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda”, - deyiladi xabarda.

Adham Ikramov 1968-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1986—1990 yillarda Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasida, 1990—1992 yillarda Toshkent tibbiyot institutida tahsil olgan. 1992 – 1994-yillarda Toshkent davlat tibbiyot instituti klinik ordinatori bo‘lgan.
U 2009 – 2012-yillarda sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan. Keyingi besh yilda bosh vazirning turli masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2017-yil qisqa muddat prezidentning tashkiliy-kadr masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari va prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, 2017 – 2022-yillarda Savdo-sanoat palatasi raisi vazifalarida ishlagan.
Shu yilning fevral oyida yangi tashkil etilgan Sportni rivojlantirish vazirligiga rahbar bo‘lgandi.
Yangiliklar lentasi
0