“Milliy sport mukofoti-2022” taqdirlash marosimi o‘tkazildi

© Ministerstvo razvitiya sportaSostoyalas seremoniya vrucheniya "Natsionalnoy sportivnoy premii-2022"
Sostoyalas seremoniya vrucheniya Natsionalnoy sportivnoy premii-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2022
Obuna bo‘lish
Bkoschi Gulsevar G‘aniyeva Yilning eng yaxshi yosh sportchisi unvoniga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Kecha, 23-dekabr kuni “Milliy sport mukofoti-2022” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirni Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochib berdi. Marosimda nominatsiyalar o‘z egalariga topshirildi. Nominatsiyalar:
Yilning eng yaxshi yosh sportchisi – Gulsevar G‘aniyeva (boks);
Yil kashfiyoti – Sharifa Davronova (yengil atletika);
Yilning eng yaxshi hakami – Eshpo‘lat Hidoyatov (sport kurashlari);
Yilning eng yaxshi sport shifokori – Rustem Ablyalimov (velosport);
Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi – Azizbek Boynazarov (para suzish);
Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi – Bobur Qo‘ziyev (para tayekvondo);
Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi – Guljanoy Naimova (para tayekvondo);
Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi – Server Ibragimov (para o‘q otish);
Amputantlar futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Rustam Mehmonov (“Matonat futbol” nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi) mukofotlandi;
Futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoasi fidoyisi –Baxtiyor Rajabov (Futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoasi faxriysi);
Yilning eng yaxshi para sport klubi – Sport kurashlari klubi;
Yilning eng yaxshi sport jurnalisti – Kamoliddin Alimov (olamsport.com);
Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi – Timur Nizayev (“Pravda Vostoka”gazetasi);
Yilning eng yaxshi matbuot xizmati – O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi (Vitaliy Judro);
Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun Anvar Avazxo‘jayev mukofotlandi;
Yilning eng yaxshi terma jamoasi – Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma Jamoasi;
Yilning eng yaxshi federatsiyasi – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi;
Sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi –O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi;
Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun Birodar Abduraimov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi) mukofotlandi;
Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo‘shgan hissasi uchun Nig‘matilla Yo‘ldoshev (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi) mukofotlandi;
Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Tanzila Narbayeva (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari) mukofotlandi;
Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun Abdusalom Azizov (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari) mukofotlandi;
Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi – Osiyo Olimpiya kengashi;
Yilning eng yaxshi murabbiyi mukofotlandi Ilias Iliadis (Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi);
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi – Svetlana Osipova (taekvondo WT bo‘yicha jahon chempioni);
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi – Muzaffarbek To‘raboyev (dzudo bo‘yicha jahon chempioni).
Yangiliklar lentasi
0