Xitoydan O‘zbekistonga avtobuslar olib kelinishi kutilmoqda

© Transport vazirligiTransport vazirligi
Transport vazirligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Transport vaziri Ilxom Maxkamov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szan Yan xonim bilan uchrashdi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Xitoyning yirik zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtobuslarni O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vaziri Ilxom Maxkamov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szan Yan xonim ishtirokidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.
Uchrashuvda tomonlar avtobuslar sotib olishni moliyalashtirish, yetkazib berish muddatlari va Xitoydan O‘zbekistonga tezlashtirilgan tartibda yetkazib berish bo‘yicha ishlarni tashkil etish masalalarini muhokama etishdi.
O‘z navbatida, Szan Yan xonim mamlakatda jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning muhimligini ta’kidladi va muhokama etilgan masalalar yuzasidan har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga yil yakuniga qadar 190 dona katta sig‘imli avtobus keltirilishi ma’lum qilingandi. Avtobuslar 30 ta o‘tirish va 60 turish o‘rniga mo‘ljallangan, konditsionerlar bilan jihozlangan, siqilgan tabiiy gazda ishlaydi.
Yil yakunigacha yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 dona SAZ LE-60 o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinadi. Ular joriy yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi. Kelgusi yil esa Yutong rusumidagi 20 dona elektrobuslar olib kelinadi.
Shuningdek, Toshkentda 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etiladi. Hozirgi kunda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, yaqin bir hafta ichida asosiy — Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari bo‘ylab yo‘lakchalar tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0