https://oz.sputniknews.uz/20221223/vazirlar-mahkamasi-ish-orinlarini-hisoblashning-yangi-tartibini-ishlab-chiqdi-30993390.html
Vazirlar mahkamasi ish o‘rinlarini hisoblashning yangi tartibini ishlab chiqdi
Vazirlar mahkamasi ish o‘rinlarini hisoblashning yangi tartibini ishlab chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi ish o‘rinlarining hisobi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan dasturi orqali yuritiladi. 23.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-23T15:08+0500
2022-12-23T15:08+0500
2022-12-23T15:08+0500
jamiyat
yangi ish o‘rinlari
klaster
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1d/24867505_0:185:3083:1919_1920x0_80_0_0_81bee1aaf6a97419df93bf39e437efee.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” Telegram kanali.Nizom bilan quyidagilar belgilandi:Bunda yaratilgan yangi ish o‘rinlarining hisobi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan dasturi orqali yuritiladi.Yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi asosida (qurilish korxonalarida qonunchilikka asosan shartnoma tuzmasdan) yollangan xodimning ish joyi ish o‘rni hisoblanadi.Fermer xo‘jaliklari hamda klasterlar, turizm, ipak qurtini ko‘paytirish va qurilish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslardagi mavsumiy ish joyi ish o‘rni hisoblanadi.Fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alla ekinlaridan qisqartirilgan yerlar hisobidan 0,1 gektardan 1 gektargacha ijara huquqi asosida fuqarolarga yer maydonlari ajratilganda, ular dehqon xo‘jaligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganda ish o‘rni sifatida hisobga olinadi.Yaratilgan yangi ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar hisobot davri yakuni bilan soliq hisobotlarini taqdim etishdan so‘ng 5 kunda avtomatlashtirilgan dasturda shakllantiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1d/24867505_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_9f6977c7245bf694e302e5b5eddaddb2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi ish o‘rinlari, klaster
jamiyat, yangi ish o‘rinlari, klaster
Vazirlar mahkamasi ish o‘rinlarini hisoblashning yangi tartibini ishlab chiqdi
Yangi ish o‘rinlarining hisobi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan dasturi orqali yuritiladi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” Telegram kanali.
Nizom bilan quyidagilar belgilandi:
tadbirkor hisoblangan yuridik shaxslarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq hisobotiga muvofiq joriy hisobot yilida yaratilgan yangi va mavsumiy ish o‘rnini hisobga olish tartibi;
davlat xizmatlari markazlari tomonidan yangi tashkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, usta hunarmandlarning shogirdlari, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha davlat soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlari asosida yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi;
tadbirkor hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va ularning yollanma xodimlari, usta hunarmandlar shogirdlari, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar, dehqon xo‘jaliklari hisobidan yaratilgan yangi ish o‘rinlarini avtomatlashtirilgan dasturda hisobga olish tartibi.
Bunda yaratilgan yangi ish o‘rinlarining hisobi Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan dasturi orqali yuritiladi.
Yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi asosida (qurilish korxonalarida qonunchilikka asosan shartnoma tuzmasdan) yollangan xodimning ish joyi ish o‘rni hisoblanadi.
Fermer xo‘jaliklari hamda klasterlar, turizm, ipak qurtini ko‘paytirish va qurilish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslardagi mavsumiy ish joyi ish o‘rni hisoblanadi.
Fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alla ekinlaridan qisqartirilgan yerlar hisobidan 0,1 gektardan 1 gektargacha ijara huquqi asosida fuqarolarga yer maydonlari ajratilganda, ular dehqon xo‘jaligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganda ish o‘rni sifatida hisobga olinadi.
Yaratilgan yangi ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar hisobot davri yakuni bilan soliq hisobotlarini taqdim etishdan so‘ng 5 kunda avtomatlashtirilgan dasturda shakllantiriladi.