https://oz.sputniknews.uz/20221223/tadbirkorlarga-gazlama-trikotaj-mato-eksportining-transport-xarajatlari-qoplab-beriladi--30988170.html
Tadbirkorlarga gazlama, trikotaj mato eksportining transport xarajatlari qoplab beriladi
Tadbirkorlarga gazlama, trikotaj mato eksportining transport xarajatlari qoplab beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga mahsulotlarni eksport qilishda subsidiyalar taqdim etiladi - tafsilotlar. 23.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-23T10:14+0500
2022-12-23T10:14+0500
2022-12-23T10:14+0500
jamiyat
tadbirkor
yangi farmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/14/29303309_0:257:2727:1791_1920x0_80_0_0_067262b0340689f7ea3f8172d0636100.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Tadbirkorlarga gazlama, trikotaj mato eksportining transport xarajatlari qoplab beriladi. Bu haqda 22-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan farmonda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirib kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratishga ruxsat etiladi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston to‘qimachilik eksportini 4,3 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tegishli topshiriq bergan. Unga ko‘ra, Yevropa, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama, trikotaj mato eksportiga transport xarajatlari 2024-yil 1-yanvargacha 70 foiz qoplab beriladi.Shuningdek, kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi. Yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi.Qolaversa, to‘qimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi. Yil yakuniga qadar esa Turkiya, Eron, Belgiyadan texnologiya va mutaxassislar (dizayner va texnolog) olib kelinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/14/29303309_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_3511c6d0490ddb014cf7c4a4dd60dbf5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tadbirkor, yangi farmon
jamiyat, tadbirkor, yangi farmon
Tadbirkorlarga gazlama, trikotaj mato eksportining transport xarajatlari qoplab beriladi
Tadbirkorlarga mahsulotlarni eksport qilishda subsidiyalar taqdim etiladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Tadbirkorlarga gazlama, trikotaj mato eksportining transport xarajatlari qoplab beriladi. Bu haqda 22-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan farmonda nazarda
tutilgan. Hujjatga ko‘ra, eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirib kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratishga ruxsat etiladi.
2024 yil 1-yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama, trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston to‘qimachilik eksportini 4,3 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tegishli topshiriq bergan. Unga ko‘ra, Yevropa, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama, trikotaj mato eksportiga transport xarajatlari 2024-yil 1-yanvargacha 70 foiz qoplab beriladi.
Shuningdek, kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi. Yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi.
Qolaversa, to‘qimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi. Yil yakuniga qadar esa Turkiya, Eron, Belgiyadan texnologiya va mutaxassislar (dizayner va texnolog) olib
kelinadi.