Saudiya Arabistoni Qoraqalpog‘istonda yana bir shamol elektr stansiyasini quradi

© Energetika vazirligi Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolaandi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Saudiya Arabistoni Qoraqalpog‘istonda yana bir shamol elektr stansiyasini quradi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Toshkentda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yirik quvvatli stansiya 2026-yilda ishga tushiriladi. U yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi va buning natijasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishi rejalashtirilgan.
“Ahamiyatlisi, stansiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlash kimoviy batareyalari (akkumulyatorlar) o‘rnatiladi”, deyiladi xabarda.
Ushbu batareyalar shamol turbinalaridan chiquvchi o‘zgaruvchan elektr energiyasini rostlab beradi.
© Energetika vazirligi Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi o‘rtasida Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bitim imzolangandi. Mazkur loyiha ham Qoraqalpog‘istonda 1500 MVt quvvatga ega shamol energetikasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishdan iborat.
Shuningdek, kompaniya Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy ishlab chiqarish quvvati 1000 MVt bo‘lgan ikkita shamol energetikasi loyihasining investori hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0