https://oz.sputniknews.uz/20221223/rossiyani-yuneskoda-yakkalab-qoyish-amalga-oshmadi--diplomat--30992564.html
Rossiyani YuNESKOda yakkalab qo‘yish amalga oshmadi – diplomat
Rossiyani YuNESKOda yakkalab qo‘yish amalga oshmadi – diplomat
Sputnik O‘zbekiston
YuNESKOga a’zo mamlakatlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Rossiyaga qarshi sanksiyalarda ishtirok etmaydi, deydi diplomat. 23.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-23T14:43+0500
2022-12-23T14:43+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
yunesko
g‘arb
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0d/19223954_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_735e59da66d495430f63cebb5ff3668a.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiyani YuNESKOda yakkalab qo‘yishning iloji bo‘lmadi, tashkilotning ko‘plab davlatlari hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining YuNESKOdagi doimiy vakili Aleksandr Kuznetsov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning Rossiyaga qarshi kampaniyasi nafaqat Rossiyani yakkalab qo‘yish maqsadiga erisha olmadi, balki o‘ziga xos teskari natijaga ham sabab bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zini yakkalamoqchi emas, uni zamonaviy dunyoda qattiq izolyatsiya qilib bo‘lmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0d/19223954_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_6612652e0cc2a40bb424e16b0a5fc5c3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yunesko, g‘arb, rossiya
dunyoda, yunesko, g‘arb, rossiya
Rossiyani YuNESKOda yakkalab qo‘yish amalga oshmadi – diplomat
14:43 23.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) YuNESKOga a’zo mamlakatlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Rossiyaga qarshi sanksiyalarda ishtirok etmaydi, deydi diplomat.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiyani YuNESKOda yakkalab qo‘yishning iloji bo‘lmadi, tashkilotning ko‘plab davlatlari hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining YuNESKOdagi doimiy vakili Aleksandr Kuznetsov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum
qildi.
“YuNESKOga a’zo mamlakatlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i o‘zining an’anaviy mandati asosida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor va Rossiyaga qarshi sanksiyalarda ishtirok etmaydi. Demak, G‘arbliklar ochiqdan-ochiq chaqirgan Rossiyani YuNESKOda yakkalab qo‘yish ish bermadi”, dedi Kuznetsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning Rossiyaga qarshi kampaniyasi nafaqat Rossiyani yakkalab qo‘yish maqsadiga erisha olmadi, balki o‘ziga xos teskari natijaga ham sabab bo‘ldi.
“A’zo davlatlarning aksariyati Rossiyani YuNESKOdagi muhim muvozanat omili deb biladi”, deydi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zini yakkalamoqchi emas, uni zamonaviy dunyoda qattiq izolyatsiya qilib bo‘lmaydi.