Erondan O‘zbekistonga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi

© Uzbekistan AirportsEronning "Qeshm Air" aviakompaniyasi
Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Kecha "Qeshm Air" aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Eronning "Qeshm Air" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Eronning "Qeshm Air" aviakompaniyasining samolyoti 22-dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. “Tehron-Toshkent-Olma-Ota-Tehron” yo‘nalishi bo‘yicha uchgan Airbus A300-600 borti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.
Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qeshm Air” aviakompaniyasi Tehronni O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlari bilan bog‘lashi ma’lum qilingandi.
Parvozlar O‘zbekiston va Eron rahbariyati o‘rtasida, sentabr oyida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raiysining mamlakatga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar natijasida yo‘lga qo‘yilmoqda. Tashrif davomida Eron va O‘zbekiston o‘rtasida, bir qator viza tartib-taomillarini soddalashtirish va sayyohlik oqimini kuchaytirishga qaratilgan, turizm sohasida hamkorlik dasturi qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0