Surxon davlat qo‘riqxonasida ozuqa izlab yurgan morxo‘rlar to‘dasi tasvirga olindi

© Davlat ekologiya qo‘mitasi "Surxon" davlat qo‘riqxonasi
Surxon davlat qo‘riqxonasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘qolib ketish arafasida turgan bu jonivorlar Qizil kitobga hamda Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga ozuqa izlab yurgan morxo‘rlar to‘dasi muhrlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Yo‘qolib ketish arafasida turgan bu jonivorlar Qizil kitobga hamda Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.
Mutaxassislar morxo‘r so‘zining ma’nosi forscha “Mor – ilon, xo‘r – yeyish”, ya’ni “ilon yeydigan hayvon” degan ma’noni anglatadi, deyishadi.
Bu jonivorlarning ana shunday nom olishiga ularning katta buralgan ko‘rinishidan ilonni eslatuvchi shoxlari sababchi bo‘lgan, degan taxminni ham ilgari surib keladi.
Hozirgi kunga kelib Surxon davlat qo‘riqxonasidagi morxo‘rlarning soni oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra 673 boshni tashkil qilmoqda.
© Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Morxo‘rlar to‘dasi
Morxo‘rlar to‘dasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Morxo‘rlar to‘dasi
Ma’lumot uchun, yovvoyi hayvonlar uchun qish mavsumi eng muhim va mashaqqatli davr hisoblanadi. Chunki qishdan betalofat o‘tib olish tashqi muhitdagi xavf-xatar bilan birga fiziologik holatida ham o‘zgarishlar yuz beradi.
Masalan, qish davrida baland tog‘li hududlarda yovvoyi hayvonlarning tuzga bo‘lgan talabi 2-3 martaga ortishi kuzatiladi. Ayni shu jihat e’tiborga olingan holda "Surxon" davlat qo‘riqxonasi hodimlari tomonidan asosan morxo‘rlar yuradigan joylarga tabiiy tuz bo‘laklari qo‘yib chiqilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0