O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari tor doirada muzokara o‘tkazishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli peregovori v uzkom formate.
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli peregovori v uzkom formate. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Yetakchilar o‘tkazilgan muzokaralar O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojiga yangi kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirishdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tor doirada muzokara o‘tkazishdi.
Yetakchilar ushbu muzokaralar O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojiga yangi kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli peregovori v uzkom formate.
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli peregovori v uzkom formate. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli peregovori v uzkom formate.
Davlat rahbari Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yaqin va ishonchli hamkori ekanini ta’kidladi.

“O‘zbek va qozoq xalqlari – nafaqat yaqin qo‘shni, balki mushtarak tarixiy meros, madaniy va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘langan qardoshlardir. Bu bizning bebaho boyligimiz, biz uni qadrlaymiz va qadrlashda davom etamiz. Bizning taqdirimiz bir, kelajagimiz ham umumiy, men bunga ishonaman", deydi Shavkat Mirziyoyev.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv va boshqa sohalardagi munosabatlarni tubdan kengaytirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Keyingi olti yilda hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgani ta’kidlandi. Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasidagi muloqotlar muntazamlik kasb etgan.
Davlat rahbarlari qariyb 5 milliard dollarga yetgan o‘zaro savdo hajmi jadal ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Yirik kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Shuningek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi. Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyotini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli peregovori v uzkom formate.
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli peregovori v uzkom formate. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli peregovori v uzkom formate.
Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga intilish qat’iy ekani ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0