Mirziyoyev Toqayevni kuzatib qo‘ydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provodil Tokayeva
Shavkat Mirziyoyev provodil Tokayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti tashrifi doirasid Ittifoqchilik munosabatlari va davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi.
TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.
Qo‘shni davlat rahbarining O‘zbekistonga tashrifi samarali bo‘ldi va imzolangan kelishuvlar ahamiyati bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan tarixiy voqea bo‘ldi, - deb yozmoqda prezident matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti tashrifi doirasid Ittifoqchilik munosabatlari va davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. Hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qiymati 8 milliard dollarlik hujjatlar, shartnoma va bitimlar imzolandi.
Undan tashqari Toqayev Toshkentda yirik qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini boshlash bo‘yicha tantanali marosimda ishtirok etdi va qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma doirasidagi ekspozitsiya bilan tanishdi.
Yangiliklar lentasi
0