"Ilhom" teatrida ro‘y bergan yong‘in sababi ma’lum bo‘ldi

© Jitel TashkentaV zdanii teatra "Ilxom" proizoshol pojar.
V zdanii teatra Ilxom proizoshol pojar. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Sug‘urta kompaniyasi yonib ketgan binolarni ta’mirlash uchun teatrga mablag‘ ajratdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Toshkentdagi "Ilhom" teatrida ro‘y bergan yong‘inga elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Bu haqda teatr matbuot xizmati xabar berdi.
"Ilhom teatrida yuz bergan yong‘in bo‘yicha O‘zbekiston yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan dastlabki ekspertiza o‘tkazildi. Yong‘in sababi: elektr simlarining eskirganligi sababli qisqa tutashuv sodir bo‘lgan", deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Hozirda teatr xodimlari shikastlangan ko‘rgazma zalini tartibga keltirmoqda, tez orada yonib ketgan binolarni ta’mirlash ishlari boshlanadi.
Qayd etilishicha, Gross loyihasining sug‘urta jamoasi ta’mirlash uchun mablag‘ ajratdi.
Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni “Ilhom” teatri binosida yong‘in yuz bergan edi.Yong‘in natijasida teatr binosining 1-qavat xolida 80 kv. m. maydon ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli binoning 600 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
“Ilhom” teatri ko‘rgazmalar zalida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli spektakllar tergov yakuniga qadar to‘xtatildi.
Oldin sotib olingan barcha chiptalar teatr qayta ochilguncha o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Yangiliklar lentasi
0