Antonov: AQSh Rossiya bilan mojaro xohlamasligi - quruq gap

© Sputnik / Mixail TurgiyevAnatoliy Antonov, arxivnoe foto
Anatoliy Antonov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning safari Rossiyani mag‘lub etish zarurligi haqidagi e’lon bo‘ldi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQShga tashrifi Oq uyning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga kirishmoqchi emasligi haqidagi bayonotlari hech narsani anglatmasligini ko‘rsatdi. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ta’kidladi.

“Kiyev rejimi rahbarining Gollivud uslubidagi Vashingtonga safari nihoyat ma’muriyatning Rossiya bilan qarama-qarshilikka kirishish niyati yo‘qligi haqidagi murosaga keltiruvchi bayonotlari quruq gap ekanligini tasdiqladi”, - dedi u.

Chorshanba kuni AQSh Ukrainaga 1,85 milliard dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. U, jumladan, Kiyev avvalroq so‘ragan Patriot batareyasini o‘z ichiga oladi.
Ukrainaga Patriot yetkazib berilsa, bundan Rossiya foyda ko‘radi – ekspert
Rossiya Ukrainada Donbass aholisini himoya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni ko‘paytirishdi. Moskva bir necha marta G‘arb yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ mojaroni faqat cho‘zishi va ular Rossiya armiyasining qonuniy nishoni bo‘lishini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0