Samarqandda xalqaro avtoshohbekat quriladi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiProyekt mejdunarodnoy avtostansii v Samarkande
Proyekt mejdunarodnoy avtostansii v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Avtovokzal qurilishi 2023-yilning ikkinchi yarmi yakuniga qadar ishga tushishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Samarqand viloyatini kesib o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand shahar “Rasadxona” mahallasida joylashgan Cho‘ponota maskani hududida yangi “Avto bosh bekat” quriladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Mazkur loyihaga “SXF-KEMPING” MChJ tomonidan 100 milliard so‘m mablag‘ kiritiladi va 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
“Avto bosh bekat” qurilishi 2023-yilning ikkinchi yarmi yakuniga qadar ishga tushishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida avtostansiya binosi qurilishi bilan birgalikda qator xizmat ko‘rsatish obyektlarini ham o‘z ichiga oladi. Jumladan, kichik va katta transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish binolari, ochiq va yopiq turdagi restoranlar va 20 ga yaqin xizmat ko‘rsatish servislari, tibbiy markaz, duty free do‘koni qad ko‘taradi.
Mazkur avtovokzal “SIMETRA” xorijiy kompaniyasi, Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida ishlab chiqilgan loyihaga asosan Samarqand shahar jamoat transportiga hamda Jomboy, Bulung‘ur tumanlaridan kirib keluvchi transport vositalariga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, Toshkent, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘lovchi tashish transport vositalari uchun ham to‘xtab o‘tish markazi hisoblanadi.
Avtovokzal xalqaro nuqtada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston nuqtalarini bir biriga bog‘lashi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0