Qozog‘iston prezidenti Toshkentdagi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Obuna bo‘lish
Toqayev Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Marosim O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarida yangi davr boshlanayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni qardosh xalqlarimizning farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlashga qat’iy intilishning ifodasi bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
1/4
2/4
3/4
4/4
Qozog‘iston yetakchisining mamlakatga davlat tashrifi asosiy tadbirlari ertaga, 22-dekabr kuni, bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ta’kidlanishicha, ularning yakunida tarixiy ahamiyatga ega bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. Prezidentlar birgalikda yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishadi.
Yangiliklar lentasi
0