Qasim-Jomart Toqayev Toshkentga keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomart Tokayev pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom.
Prezident Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomart Tokayev pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
“Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Toshkentga keldi.
“Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Davlat rahbarlari bir-birlarini samimiy qutlab, qisqa suhbat o‘tkazishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomart Tokayev pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom.
Prezident Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomart Tokayev pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Prezident Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomart Tokayev pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom.
Shundan so‘ng Qozog‘iston yetakchisi "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurib, an’anaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Qasim-Jomart Toqayev majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, tashrifning birinchi kunida prezidentlar ramziy daraxt ekish tadbirida ishtirok etishadi. Ertasi kuni Qozog‘iston prezidenti XV asrning birinchi yarmida Toshkentda qurilgan Qaldirg‘ochbiy maqbarasiga tashrif buyuradi.
Rasmiy suratga olish marosimidan so‘ng “Tashkent siti”ning Kongress markazida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv doirasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0