Poytaxtda O‘zbekiston-Qozog‘iston hududlararo biznes-forumi boshlandi

© Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiJamshid Xo‘jayev
Jamshid Xo‘jayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich 5 milliard dollarga yaqinlashadi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Poytaxtda O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlari o‘rtasida biznes-forum boshlandi.
Yig‘ilishda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari – savdo va integratsiya vaziri Jumangarin Serik Makashevichga Qozog‘iston delegatsiyasi tarkibida ushbu tadbirda shaxsan ishtirok etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday beqaror davrda nafaqat o‘zaro ishonch va hurmatga, balki mustahkam do‘stlikka asoslangan hamkorlik ham katta ahamiyatga ega.

“Biz tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish, jumladan, faol import o‘rnini bosish orqali amalga oshirish vazifasini qo‘yganmiz. Bu maqsadni amalga oshirish uchun yaqin kelajakda qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tashkil etiladi”, - dedi Jamshid Xo‘jayev.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki baravardan ortiq o‘sdi va joriy yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich 5 milliard dollarga yaqinlashadi.
Yangiliklar lentasi
0