O‘zbekiston turkman gazidan ishlab chiqarilgan elektrni Qirg‘izistonga yetkazib berdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach, arxivnoe foto
Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Elektr energiyasi transferi Turkmanistondan Qirg‘izistonga O‘zbekiston energetika tizimlarining imkoniyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. To‘xtagul suv ombori zaxiralari o‘ta og‘ir ahvolga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qirg‘izistonga O‘zbekiston orqali Turkmanistondan elektr energiyasi yetkazib berilmoqda va bu 2023-yilda ham davom ettiriladi. Bu haqda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Energetika vazirligining Qo‘shma bayonotida so‘z boradi.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 11-martda Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi va O‘zbekiston Energetika vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida imzolangan bayonnomaga muvofiq, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.

“Markaziy Osiyo mintaqasida suvning kamligi hisobga olinib, To‘xtagul suv omborining o‘ta og‘ir darajaga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tomonlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan Turkmaniston gazidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Qirg‘iz Respublikasiga yetkazib berildi”, - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, shartnoma asosidagi kelishuvlarga muvofiq, elektr energiyasini Turkmanistondan Qirg‘izistonga O‘zbekiston energetika tizimi orqali tranzit qilish energetika tizimlarining imkoniyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, tomonlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida 2023-yilda Turkmaniston elektr energiyasi tranzitini ta’minlashga qaratilgan tegishli shartnomalar imzolangan.
O‘rta Osiyo energetik halqasi

O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘iston Birlashgan yagona energiya tizimi” - 1960-yilda qurila boshlagan va 1970-yillarga kelib yaxlit konfiguratsiya hosil bo‘lgan. Uning tarkibiga 4ta respublika - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududidagi 83 ta elektr stansiyalar va 500 kV kuchlanishli liniyalar kirgan.

Energohalqa tarkibidagi generatsiyaning 30% - GESlar va 70 % - IESlar orqali amalga oshirlgan.

O‘rta Osiyo energohalqasining dispetcherlik markazi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, u ekspluatatsiya, chastota va quvvatni tartibga solish, melioratsiya va energetika masalalarini majmuali hal qilish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0