Medvedev Si Szinpinga Putinning nomasini yetkazdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev i predsedatel KNR Si Szinpin
Dmitriy Medvedev i predsedatel KNR Si Szinpin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari tashrif bilan Xitoyga bordi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi va unga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nomasini topshirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Medvedev Xitoy davlati rahbariga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning nomasini topshirdi, unda, xususan, Rossiya-Xitoy siyosiy muloqoti va amaliy kooperatsiyasining misli ko‘rilmagan darajasi qayd etilgan, yaqinda Xitoy kommunistlari partiyasi forumi yakuniga ko‘ra saylangan XKPning yangi rahbariyati tarkibi bilan davlatlararo va partiyalararo yaqin munosabatlarning o‘zgarmas izchil rivojlanishiga ishonch bildirilgan”, - deyiladi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari kotibiyati xabarida.
Ta’kidlanishicha, Medvedev va Si Szinpin xalqaro ahamiyatga ega qayd muhim masalalar yuzasidan “soatlarini to‘g‘rilab olishgan” va dolzarb jahon muammolariga Moskva va Pekinning yondashuvi mos kelishini qayd etishgan.
Postsovet hududidagi vaziyat, jumladan, Ukraina inqirozi ham muhokama qilingan.
Yangiliklar lentasi
0